Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyaliklar kuchli zilzila xavfidan ogohlantirildi

Yaponiyaliklar kuchli zilzila xavfidan ogohlantirildi

Foto: Zhang Xiaoyu/XinHua/Global Look Press

Yaponiyada 8-9 magnitudali kuchli yer osti silkinishlari yuz berishi ehtimoli keskin oshdi — seysmik faollikni tadqiq qiluvchi hukumat komissiyasi bu haqda ogohlantirmoqda, deyiladi NHK xabarida.

Kelayotgan 30 yil ichida kuchli va vayronkor zilzila ro‘y berishi ehtimoli 80 foiz deb baholanyapti. Ekspertlarga ko‘ra, zilzila Xonsyu oroli janubi-sharqida, Nankay platosi sinig‘ida yuz berishi mumkin. Tabiiy ofat ro‘y berishi ehtimoli yaqin 40 yilda — 90 foiz, 50 yilda — 90 foizdan ham yuqori. Nankayda oxirgi marta 1946-yilning 21-dekabrida vayronkor zilzila yuz berib, magnitudasi 8 ballga teng bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 13-yanvar kuni Yaponiyaning Kyusyu oroli yaqinida 6,4 magnitudali yer silkinishi qayd etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring