Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya raqamlashtirish vaziri bosh vazirlik uchun kurashga qo‘shildi

Yaponiya raqamlashtirish vaziri bosh vazirlik uchun kurashga qo‘shildi

Taro Kono.

Foto: The Japan Times

Yaponiya raqamlashtirish vaziri Taro Kono yetakchi Liberal-demokratlar partiyasi (LDP) raisligi uchun o‘z nomzodini ko‘rsatdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ushbu saylov g‘olibi Yaponiya bosh vaziri bo‘ladi.

Taro Kono o‘z qarorini maxsus tashkil etilgan matbuot anjumanida e’lon qildi.

«Men LDP raisligi uchun saylovda qatnashaman», — dedi Taro Kono.

Taro Kononing raqiblari yetarli — sobiq iqtisodiy xavfsizlik vaziri Takayuki Kobayasi, sobiq mudofaa vaziri Sigeru Isiba, jami 11 potensial nomzod bosh vazirlikka da’vogar.


Yaponiyaning amaldagi bosh vaziri Fumio Kisida sentyabrda o‘z lavozimini tark etishini va ikkinchi muddat uchun saylovda nomzodini ilgari surmasligini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring