Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil otkritkalarini chizgan Vladimir Zarubinning taqdiri

Yangi yil otkritkalarini chizgan Vladimir Zarubinning taqdiri

Qorqiz olmoxonni konfet bilan siylaydi, ayiqcha va quyon fil bolasiga chang‘ida uchishni o‘rgatadi, tipratikan olma to‘la savatni orqalab ketmoqda... 1960-1990-yillar yangi yil bayrami bolalikda Vladimir Zarubinning otkritkalarisiz o‘tmagan.

Otkritkaga chizilgan barcha qahramonlar baxtli, jilmaygan, quvnoq. Ammo yangi yilga quvnoq shukuh bag‘ishlagan rassomning hayoti mahzun o‘tganini hamma ham bilmasa kerak.

Vladimir Zarubin 1925-yilda Orel viloyatidagi Andriyanovka qishlog‘ida tug‘ilgan: u oilada uchinchi farzand edi. Katta o‘g‘il Veniamin texnik asbob-uskunalar bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘rardi, o‘rtasi Andrey she’r yozgan, Volodya esa chizishni yaxshi ko‘rardi. Besh yoshli rassomning birinchi ishi kattalarni quvontirdi: albom varag‘ida dumi tagidan «olma» to‘kilib yugurayotgan ot tasvirlangandi. Rasm qo‘ldan-qo‘lga o‘tdi, bolani maqtashdi ... Bu ikkala mavzu – hayvonlar va hazil, quvnoqlik Zarubin ijodida abadiy mavzu bo‘lib qoldi.

 

Volodyaning bolaligi baxtli edi: oilada hamma bir-birini hurmat qilardi. Ota-ona farzandlarining har qanday urinishlarini qo‘llab-quvvatladilar. Ammo 1941-yilda baxtli hayot haqidagi ertak tugadi: urush boshlandi. Aka-uka Zarubinlar birinchi marta ajralishdi: Andrey va Veniamin frontga ketishdi, Volodya front ortida dushman tomonidan ishg‘ol qilingan hududda qoldi. Bu haqiqiy jahannam edi: yigit qiynoqlarni, o‘limni va boshqalarning azoblarini yetarlicha ko‘rdi va o‘zi ham juda ko‘p haqoratlarga duchor bo‘ldi. U deyarli o‘ldi: faqat mo‘’jiza tufayli Zarubin otib tashlanmadi. 1945 yilda barcha mahbuslar amerikaliklar tomonidan ozod qilindi.

Vladimir uyiga qaytib, zavodga ishga kirdi. Kechki maktabga, keyin universitetga bordi. Va, albatta, u chizishni davom ettirdi. Tez orada Zarubin zavod rassomi bo‘ldi, lekin uning mehnat daftarchasida hamma kasb-hunar bor edi – u navbatchi brigadir, rektor, mexanik, hatto... kran mashinisti ham edi. Bir kuni u bir e’lonni ko‘rib qoladi:  «Soyuzmultfilm» studiyasi animator kurslariga talabalarni jalb qilmoqda»

Vladimir hech ikkilanmasdan zavodni tark etdi. Tez orada u butunlay boshqacha hayotni boshladi.  

 Zarubin 103 ta multfilm chizdi. «Maugli»ning ko‘p qismi unga tegishli, «Bremen musiqachilari» filmidagi detektivni ixtiro qilgan va tasvirlagan ham Vladimir edi. Mashhur «Senimi shoshmay tur!» multfilmi Zarubinning ishtirokisiz bo‘lmagan.

Zarubinning muvaffaqiyatlari «Soyuzmultfilm»da bir necha bor qayd etilgan: u eng yaxshi animatorlardan biri hisoblangan. Keyinchalik Vladimirning o‘g‘li eslaydi: Otasi butun kuchini sevimli ishiga bag‘ishlagan bo‘lsada, ammo ish juda qiyin edi. Zarubin ikki o‘t orasida yashashga majbur edi.

Bir tomondan, Zarubin o‘z olamiga ega ijodiy odamlar qurshovida bo‘lsa, bir tomondan rejalar va qoidalar uning tinkasini quritardi – stol usti doimo  buyurtmalar bilan to‘lib-toshgan. Yana uning ustiga studiyadagi yuqori martabali ota-onalarning iste’dodsiz bolalari...

 Vladimir deyarli tasodifan otkritkalar chizishni boshladi. Karikaturachining rejalari va qat’iy muddatlari bilan asabiy hayoti uni charchatdi. Rassom unga o‘zi sevgan narsa bilan shug‘ullanishga va shu bilan birga qiyin ishdan chalg‘itishga imkon beradigan sevimli mashg‘ulotni boshlashga qaror qildi. Avvaliga u «Timsoh», «Bola» uchun illyustratsiyalar yaratdi.

Zarubinning birinchi otkritkasi 1962-yilda ko‘plab mashhur sovet markalari muallifi Yuriy Ryaxovskiy tomonidan tahrir qilingan. O‘shandan beri Vladimir shunday yashadi: kunduzi u «Soyuzmultfilm»da ishladi, kechasi u o‘zining quyonlarini, ayozboboni va olmoxonlarini ixtiro qildi va chizdi. Otkritkalarning mafkuraviy muvofiqligini aniqlaydigan komissiya a’zolari ko‘pincha Zarubinning ishidan hayratda qolishgan.

Chizmalar doimo sotsialistik realistik nuqtai nazardan tahlil qilingan: «O‘rmonda «Voy!» deb qichqirayotgan ayiqni qayerda ko‘rgansiz? Itlar ikki oyoqda yuradimi? Albatta, buni nafaqat Zarubin uddalardi, u Korney Chukovskiyning ertaklariga rasmlar chiza boshladi... Ammo bu Nadejda Krupskayani g‘azablantirardi... yozuvchi bolalarga hayvonlar haqida gapirish o‘rniga, ko‘chada yuradigan va odamlar bilan gaplashadigan timsoh haqida ertak yozadi?!

Sotsialistik realizm ko‘plab ijodkorlarga xalaqit berdi, shuning uchun Zarubinning otkritkalari tez-tez qaytarilardi. Shunda Zarubin xafa bo‘lardi. Axir uning uchun hayvonlar tirik, haqiqiy edi. Bir marta u bahor kartinasini qayta chizishga majbur bo‘ldi, unda kirpi kirpiga muz bo‘lakchasini uzatadi. Tanqid kulguli edi: «Siz etik kiygan tipratikanlarni qayerda ko‘rdingiz?» Kengash e’lon qildi: yoki poyabzal yo‘qoladi, yoki ushbu suratli otkritka sotuvga qo‘yilmaydi. Vladimir rasmni takrorladi, lekin u kirpi uchun  achindi, chunki mart oyidagi qorda yalangoyoq turish juda sovuq! Rassom esa kirpi muzlab qolmasligi uchun uning panjalaridan birini ko‘tarib tushgan holatda chizdi...

Ammo oddiy odamlarni hayvonlarning etikda yurishi, choy ichishi yoki sovg‘a almashishi bezovta qilmadi. Oddiy odamlar barcha bayramlarning ajralmas qismiga aylangan Zarubinning otkritkalarini yaxshi ko‘rishardi. Hamma o‘z yaqinlariga samimiy tilaklarini shunday otkritkaga yozish uchun sotib olishardi. Ko‘pchilik rassomning ismini ham bilishmasdi, lekin  Zarubinga minnatdorchilik xatlarini yuborgan muxlislari ham bor edi. U har biriga javob berdi va har doim muxlislariga  yoqadigan so‘zlarni topishga harakat qildi.

Tez orada ma’lum bo‘ldiki, Zarubin sevimli mashg‘uloti ortidan juda ko‘p tanqid eshitayapti. Ertak syujetlari tanqidini tinglash uning uchun qiyin va yoqimsiz edi. Rassom deyarli kechayu kunduz ishladi...1973 yilda Vladimir birinchi yurak xurujini boshdan kechirdi. Shundan so‘ng u «Soyuzmultfilm»da kamroq paydo bo‘lib, uyida ishlashni afzal ko‘rdi. Va vaqt o‘tishi bilan u ishdan butunlay voz kechdi  – otkritkalar va pochta miniatyuralariga o‘tdi.

90-yillar rassom uchun boshqa dunyoning boshlanishi edi. Hayot tez o‘zgarib borardi va 70 yoshda yangi dunyoga moslashish oson ish emas edi. Zarubin chizishda davom etdi: o‘zi uchun landshaftlar, daromad uchun otkritkalar. Uning o‘g‘li eslaydi: otasining asarlariga  talab bor edi. Zarubin bilan hamkorlik qilgan kichik nashriyot undan minnatdor edi. Ammo ular oxirida rassomga adolatsiz munosabatda bo‘lishdi: ular to‘lashi lozim bo‘lgan pullarini bermadi va endi uning ishi hech kimga kerak emasligini aytishdi.

Vladimirga bir yil davomida hech qanday pul to‘lanmadi. Rassom ularni kutishdan charchadi, qo‘ng‘iroq qilganida esa «Biz sizga bir so‘m ham to‘lamoqchi emasmiz, kompaniya bankrot bo‘ldi!», degan gapni eshitdi. Ushbu suhbatdan so‘ng rassom uchinchi yurak xurujiga duchor bo‘ldi va xotini, o‘g‘lining qo‘lida vafot etdi.

Vladimir Zarubinning bir yarim milliarddan ortiq otkritkalari chop etilgan. Sovet davrida o‘sgan har bir kishi ularni eslaydi. Siz uning otkritkalariga qaraganingizda bayramni eslaysiz, bolalikni eslaysiz. Olmoxonlar jilmaymoqda, quyonlar qo‘shiq aytmoqda, ayiq gitara chalmoqda, ayoz bobo va qorqiz sovg‘alarni tarqatmoqda ...

Zarubin so‘nggi intervyularidan birida ta’kidlaganidek, u o‘z qahramonlarini – hayvonlarni chizganda, har doim odamlar shu suratlardan mehrli bo‘lishni o‘rganadi, deb umid qiladi. Va, ehtimol, u bu maqsadga erishdi: uning chizgan otkritkalariga qarab, biz haqiqatan ham, hech bo‘lmaganda biroz yaxshiroq bo‘lamiz, mehrliroq, quvnoqroq bo‘lamiz.

 

                                                                                       

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring