Yangi yil kechasi rus politsiyasi 2 mingga yaqin muhojirni qo‘lga oldi
Yangi yil arafasida Sankt-Peterburg markazida 2 mingga yaqin muhojir qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya IIVning Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilgan.
«Qonun-tartibotni ta’minlash jarayonida 2 mingga yaqin muhojir ichki ishlar organlariga profilaktika maqsadida olib kelindi. Tekshirish natijasida ko‘plab migratsiya qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi», – deyiladi xabarda.
Migrantlarning hibsga olinishi shahar markazida aholi va shahar mehmonlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida olib borilgan profilaktik chora-tadbirlarning bir qismi bo‘lganligi aytilmoqda.
Shuningdek, politsiya Sankt-Peterburgning asosiy Rojdestvo daraxti oldida bayramni nishonlamoqchi bo‘lganlarning ko‘pligi sababli tirbandlik va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hodisalarning oldini olish uchun Saroy maydoniga bepul kirishni cheklab qo‘ygan.
Mamlakat FVVning shahar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shaharda Yangi yil bayrami nisbatan tinch o‘tgan.
«Kun davomida shaharda 38 ta yong‘in sodir bo‘ldi. 31-dekabr kuni ertalab Leninskiy prospektidagi kvartirada sodir bщlgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi. Pirotexnika vositalarini qo‘llash natijasida 8 kishi jabrlangan», – deyiladi Rossiya FVV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter