Yangi bosh vazir kamtarroq kiyinishni buyurdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri ofisi xodimlari bundan buyon rasmiy kiyinish tartibiga rioya etishlari shart. Hukumatning yangi rahbari Liz Trass shunday buyruq berdi.
Britaniya ommaviy axborot vositalari yozishicha, Trassning dress-kod bo‘yicha talabi oldingi bosh vazir Boris Jonson ofisida hukm surgan «betashvish muhit»ning g‘irt aksidir.
«Liz g‘alaba qilib qaytganidan so‘ng hammasi o‘zgarmoqda... galstuklar qaytyapti», — degan The Telegraph manbalaridan biri.
Elizabet Trass 5-sentyabr kuni o‘tkazilgan saylovda Konservativ partiya yetakchisiga aylangandi. Ertasi kuni qirolicha Yelizaveta II unga yangi hukumatni shakllantirishni topshirgan.
Boris Jonson Buyuk Britaniya bosh vazirligi va Konservativ partiya raisligidan 7-sentyabr kuni iste’foga chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter