Yana Xitoy... H3N8 virusi insonga yuqishi birinchi marta kuzatildi
Xitoyning Xenan provinsiyasida ota-onasi tovuq boquvchi 4 yoshli o‘g‘il bolada 5-aprel kuni yuqori tana harorati boshlangan, besh kundan so‘ng bolani shifoxonaga olib borishgan. Ma’lum bo‘lishicha, unga H3N8 parranda grippi shtammi yuqqan.
Ushbu shtamm bilan inson ilk marotaba kasallanganini Xitoy hukumati tasdiqladi. Shu paytgacha virusning bu turi faqat hayvonlar o‘rtasida yuqishi kuzatilgan, deyiladi «Interfaks» xabarida.
O‘tgan yil yozida Xitoyda inson (41 yoshli erkak)ning birinchi marta parranda grippi shtammining yana bir turi — H10N3 bilan kasallangani qayd etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter