Yamanliklar uchun umraga taqiq olib tashlandi
Saudiya Arabistoni oradan uch yil vaqt o‘tib, yamanliklar uchun umra ziyoratiga ruxsat berdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Yaman Vaqf va irshod (Xayriya va to‘g‘rilikka boshlash) vaziri Ahmad Atiyya Saudiya Arabistoni oradan uch yil o‘tib yamanliklar uchun umra ziyoratiga ruxsat berganidan mamnun ekanini aytdi.
Uch yil avval Yaman fuqarolari uchun umra ziyoratiga borish husiylar tufayli Saudiya Arabistoni tomonidan man etilgan edi.
Husiylar 2014-yildan beri Yaman hukumatini qo‘lga kiritish uchun jang qilishmoqda. Ular poytaxt Sano va boshqa hududlarda nazorat o‘rnatishgan.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi kaolitsion kuchlar 2015-yil mart oyida boshlangan «Qat’iyat to‘foni» operatsiyasi doirasida amaldagi hukumatga tegishli harbiy kuchlarga ko‘maklashib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter