Yamanlik o‘qituvchi uyini 700 kishilik maktabga aylantirdi
Yamanning Taiz shahrida yashovchi o‘qituvchi Odil al-Shorbagi o‘z uyini maktabga aylantirdi, darslarga qariyb 700 nafar o‘quvchi qatnayapti. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.
Muallim maktabni Yamanda urush boshlanib ketganidan so‘ng, bolalarni o‘qitishga joy topa olmaganidan so‘ng ochgan. Birinchi o‘quv yilidayoq 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 500 nafar o‘g‘il-qiz uning darslariga qatnay boshladi.
O‘qituvchi o‘z ishini shunday izohlagan: «Bu mening atrofimdagi insonlar oldidagi milliy va ijtimoiy burchim».
«Maktab» — yalang‘och g‘isht devor-u, derazalari o‘rni katta kovaklardan iborat bir xaroba. Ammo matematika va ingliz tilini o‘rganaman degan o‘quvchilarni bu to‘xtatib qolayotgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter