Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yamanda IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilindi

Yamanda IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilindi

Foto:«AFP»

28-aprel kuni Yaman maxsus xizmatlari o‘tkazilgan harbiy amaliyotlar chog‘ida mintaqadagi IShID terrorchilik guruhining mahalliy yetakchilaridan birini yo‘q qildi hamda 3 nafar jangarini qo‘lga oldi. Bu haqda «RIA Novosti» maxsus xizmatdagi manbaga tayanib xabar bermoqda.

«IShID terrorchilik guruhi nazorati ostida bo‘lgan Adan-Abyan viloyati amiri Saloh Nasr al-Baxshi Yaman maxsus xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan terrorizmga qarshi kurash amaliyoti chog‘ida o‘zi yashirinib olgan binoda o‘ldirildi», deya ma’lum qilgan manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Al-Baxshi taslim bo‘lishdan bosh tortgan va otishma paytida o‘ldirilgan. Shuningdek, yana bir nafar harbiy ham vafot etgan, ikki nafari esa tan jarohati olgan. Reyd davomida terrorchilardan qurollar, mobil telefonlar, kompyuter planshetlar tortib olingan va 3 nafar jangari qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Yamanda 2014-yildan buyon ichki siyosiy inqiroz davom etmoqda. Bundan foydalangan IShID guruhi esa mamlakatda o‘z mavqeini mustahkamlashga urinib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring