Yahyo Sinvar — HAMASning yangi rahbari

HAMAS siyosiy byurosi rahbarligiga Yahyo Sinvar saylandi. U Ismoil Haniyaning o‘rnini egallaydi.
Ismoil Haniya Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasiga kelganida halok bo‘lgan — 31 iyul kuni u turgan uy isroilliklar tomonidan portlatib yuborilgan edi.
Isroil hukumati Sinvarni 2023-yil 7-oktyabridagi HAMASning Isroilga hujumi asosiy tashkilotchilaridan biri deb hisoblaydi. O‘shanda u G‘azo sektoridagi guruh rahbari bo‘lgan.
Oktyabrdagi hujumdan so‘ng Isroil armiyasi brigada generali Daniel Xagari Sinvarni o‘ldirishga va’da bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter