Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yagi» to‘foni sabab yarim millionga yaqin kishi evakuatsiya qilindi

«Yagi» to‘foni sabab yarim millionga yaqin kishi evakuatsiya qilindi

Juma kuni soat 11:30 holatiga ko‘ra, Xitoy janubidagi Xaynan provinsiyasida «Yagi» to‘foni yaqinlashayotgani sababli 419 367 nafar aholi evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi mahalliy hukumat.

Meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Yagi» to‘foni markazida shamol tezligi soatiga 245 km.gacha ko‘tariladi. U Xaynan provinsiyasi tomon harakatlanmoqda va bugun tushdan keyin Venchan shahriga yopirilishi kutilmoqda.

Kuchli shamol va yog‘ingarchilik bilan birga keladigan «Yagi» to‘foni jiddiy vayrongarchiliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan bo‘ronni keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni tushdan shanba kuni tushga qadar Xaynan orolining shimoliy qismi qirg‘oqlari yaqinida dengiz sathi 150-230 sm.ga ko‘tariladi, Xaykou shahrida esa kuchli yog‘ingarchilik va bo‘ron tufayli jiddiy suv toshqini kutilmoqda.

Shu kungacha hududning ko‘plab sayyohlik maskanlari faoliyati to‘xtatildi. To‘fon tufayli Gonkong aeroporti ham yopilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring