Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotinining barmoqlarini chopib tashlagan er 14 yilga «kesildi»

Xotinining barmoqlarini chopib tashlagan er 14 yilga «kesildi»

Foto: «Woman.ru»

Moskva viloyatinig Serpuxova sudi xotinining qo‘l barmoqlarini chopib tashlagan Dmitriy Garachyovga 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga qaraganda, sudlanuvchi anchadan buyon xotinidan shubhalanib yurgan, bir gal hatto o‘rmonga olib borib, o‘ziga xiyonat qilayotganini yaxshilikcha tan olishini, aks holda, «tug‘ilganiga pushaymon bo‘lishini» aytib, turli ko‘rinishda po‘pisa qilgan, o‘ldirish bilan qo‘rqitgan, ammo kuch ishlatmagan. Ayol bu haqda o‘z vaqtida mahalliy politsiya mahkamasiga arz qiladi, biroq erkakning hatti-harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q, deb topilishi natijasida «delo» yopiladi.

Shundan keyin D.Grachyovning shubhalari tarqamaydi, aksincha, battar quturadi. Kunlarning birida u xotini Margaritani mashinaga kuch bilan o‘tqazib, eshiklarini qulflab, yana o‘rmonga olib boradi. Yana «xiyonatini tan olishni» talab qiladi. Natija chiqmagach, ayolning  barmoqlarini chopib tashlaydi.

Davlat ayblovchisiga ko‘ra, sudlanuvchi bunga maxsus tayyorgarlik ko‘rgan: u o‘zi bilan yod, bint va bolta olvolgani jinoyat qasddan sodir etilganining yaqqol isbotidir.

Sud sudlanuvchini uzoq yilga «kesvorishi» barobarida uni otalik huquqidan ham mahrum etdi.

U  ikki nafar  farzandning otasi edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring