Xorvatiya: prezidentning so‘zlari uchun bosh vazir kechirim so‘radi
Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich mamlakat prezidenti Zoran Milanovich aytgan so‘zlar uchun kechirim so‘radi.
Avvalroq prezident Zoran Milanovich Ukrainada vaziyat keskinlashsa mamlakat hukumati Sharqiy Yevropadagi NATO kuchlaridan o‘z harbiy xizmatchilarini chaqirib olishini aytgandi. Uning fikricha, Shimoliy Atlantika alyansida Kiyevga joy yo‘q.
Bosh vazir Plenkovich «Twitter»dagi sahifasida Ukrainada xorvat harbiylari yo‘qligini yozdi. Prezidentning so‘zlaridan taajjubga tushganini ta’kidlab, bu hukumatning pozitsiyasini anglatmasligini bildirdi. Bosh vazir ukrain xalqidan prezident Zoran Milanovich aytgan so‘zlar uchun kechirim so‘radi.
Plenkovich qo‘shimcha qilishicha, Xorvatiya siyosati Ukrainadagi vaziyatning yumshashi va uning yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi.
Ukraina tashqi ishlar vazirligi xorvat prezidentining bayonotiga norozilik bildirgandi. Kiyev uning so‘zlari ikki mamlakat munosabatlariga zarar yetkazadi deb hisoblashini bildirib, rasmiy raddiya talab qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter