Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorvatiya Bosh vaziri zilzila oqibatlari haqida ma’lumot berdi

Xorvatiya Bosh vaziri zilzila oqibatlari haqida ma’lumot berdi

Foto: «Inc-news.ru»

Zilzila yuz bergan Xorvatiyaning Petrinya shahar markazi vayron bo‘ldi, favqulodda vaziyatlar xizmatining ishi davom etmoqda, 600 nafar aholi uchun vaqtinchalik yashash joyi ta’minlandi, dedi mamlakat bosh vaziri Andrey Plenkovich.

Seshanba kuni Xorvatiyada taxminan soat 12:20 da Rixter shkalasi bo‘yicha 6,3 balli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri mamlakatning markaziy qismidagi Petrinya shahar hududiga to‘g‘ri kelgan. Bir kun oldin ham shaharda bir nechta zizlilalar sezilgan, ammo faqat kuchsiz edi, lekin zilzila butun Xorvatiya va hatto qo‘shni mamlakatlarda ham sezilgan. Prezident Zoran Milanovich hamda hukumat rahbari Andrey Plenkovich vazirlar bilan birga Petrinyaga yetib borishdi.

«Ayni paytda barcha xizmat xodimlari vayron bo‘lgan ob’yektlarda qidiruv ishlarini olib borishmoqda, vayronalar ostida qolib ketganlarni qidirishmoqda... Petrinya markazining aksar qismi, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, «qizil hudud»da joylashgan, ya’ni hayot uchun yaroqsiz», — dedi hukumat rahbari jurnalistlarga...

«Petrinyadagi kazarmada uylariga qaytolmaydigan odamlar uchun 500 ta joy ajratilgan, mehmonxonaga yana 100 tasi joylashtirildi, biz qo‘shni Karlovatska okrugi va Zagreb shahri bilan aloqadamiz, boshpanasiz qolganlarning hammasini turar joy bilan ta’minlashga hamda ularni sovuqda qoldirmaslikka harakat qilamiz», — dedi Xorvatiya bosh vaziri.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Petrinyada 12 yoshli qizcha halok bo‘lgan. OAVning xabariga ko‘ra, Sisak shahri yaqinidagi shifoxonaga turli darajada jarohatlangan 20 kishi yotqizilgan. Biroq shifoxonaning o‘zi zilziladan jiddiy zarar ko‘rdi va bemorlarni evakuatsiya qilish va bir nechta bo‘limlardan jihozlarni ko‘chirish ishlari olib borilmoqda, shu bois bu raqamlar rasman tasdiqlanmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring