Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xolokostdan omon qolgan ayol Mariupol qamalida vafot etdi

Xolokostdan omon qolgan ayol Mariupol qamalida vafot etdi

Foto: «Chabad.org»

Ukraina tashqi ishlar vazirligi xabar berishicha, Rossiya qo‘shini tomonidan qamal qilingan Mariupol shahrida aprel oyida Vanda Ob’yedkova 91 yoshida vafot etgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Vanda Obyedkova — Xolokostdan omon chiqqan, 1941-yilning oktyabrida nemis qo‘shini Mariupolga kirganida Vanda 10 yoshda edi. Natsistlardan yashirinib jon saqlab qolgan, ammo onasi shahardagi boshqa minglab yahudiylar qatori o‘ldirilgan.

Hozirgi urushda Xolokostdan omon qolgan ikkinchi kishining o‘limi qayd etildi: 18-mart kuni Xarkovda snaryad kelib portlashi oqibatida Buxenvald konslagerining sobiq mahbusi Boris Romanchenko halok bo‘lgandi.

Vanda Obyedkovaning qizi Larisaning aytishicha, butun oila so‘nggi paytlarda yerto‘lada suvsiz, elektrsiz, issiqliksiz yashab kelgan.

Vanda ota-onasi bilan.

«Onam Mariupolni sevardi, bu yerdan hech qayoqqa ketishni istamasdi», — dedi Larisa.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring