Xitoyning valyuta zaxiralari keskin miqdorda oshdi
Xitoy valyuta zaxiralari 2023-yil aprel oyida 21 milliard dollarga oshib, mart oyidagi 3,184 trillion dollardan 3,205 trillion dollargacha yetdi.
Bu haqda Valyuta bo‘yicha davlat boshqarmasi (SAFE) matbuot xizmati o‘z saytida ma’lum qildi.
Aprel oyida mamlakatda valyuta zaxiralari hajmi 2022-yil fevralidan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan.
Xitoyda aprel oyi oxirida oltin zahiralari 66,76 million unsiyani tashkil etdi. Mart oyida bu ko‘rsatkich 66,5 million unsiyani tashkil etgan.
Qiymat jihatidan aprel oyida aktiv mart oyidagi 131,65 milliard dollardan 132,25 milliard dollargacha ko‘tarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter