Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoylik erkak ikki maktab o‘quvchisi umriga zomin bo‘ldi

Xitoylik erkak ikki maktab o‘quvchisi umriga zomin bo‘ldi

Shanxay shahridagi maktablardan birida noma’lum kimsa bolalarga pichoq bilan hujum qilishi oqibatida ikki bola halok bo‘lgan, yana bir o‘quvchi va ayol jarohatlangan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Bu voqea bugun Syuexuey tumanidagi boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan. Noma’lum kimsa uch bola va bir ayolni pichoqlab tashlagan. Shifokorlarning yelib-yugurishlari foyda bermadi: ikkala bola nobud bo‘ldi. Bir bola hamda ayolning sog‘lig‘i xavf ostida emas.

Politsiya xodimlari maktab qorovullari ko‘magida hujumchini qo‘lga olishgan. Uning 29 yoshda ekani va ishsizligi aniqlangan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, g‘arazli kishi ishsizligi uchun jamiyatdan o‘ch olmoqchi bo‘lgan.

Bu Xitoyda so‘nggi haftada sodir bo‘lgan uchinchi hodisa. O‘tgan juma kuni Sian shahrida pichoqli kishi avtobusda yo‘lovchilarga hujum qilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 8 kishi yaralangan edi.

Dushanba kuni Yantay shahrida bir kishi yuk mashinasida avtomobillarga va odamlarga qarata o‘z uzishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, o‘ndan ziyod kishi jarohat olgan edi. Politsiya xodimlari jinoyatchini otib tashlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring