Xitoyga yoqmaydigan nomzod Tayvanning yangi prezidenti etib saylandi
Tayvandagi prezidentlik saylovlarida hukmron partiya nomzodi Lay Sinde g‘alaba qozondi.
Pekin «Tayvan bo‘g‘ozidagi xavfli urushning qo‘zg‘atuvchisi» deb atagan hukmron partiya nomzodi Lay Sinde Tayvandagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi.
Lay Sinde 41 foizga yaqin ovoz to‘pladi (Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylov byulletenlarining 80 foizini qayta ishlagandan keyin). Uning asosiy raqibi, qariyb 33 foiz ovoz olgan Xou Yui mag‘lubiyatini tan oldi, deya xabar beradi Focus Taiwan. Uchinchi nomzod, Tayvan xalq partiyasi rahbari Ke Venje 26 foizga yaqin ovoz oldi.
G‘alabasidan so‘ng, Lay «Tayvanni Xitoyning tahdidlaridan himoya qilish» qat’iyatini e’lon qildi va shu bilan birga Pekin bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini ta’kidladi. «Prezident sifatida men Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun katta mas’uliyatni his qilaman», dedi siyosatchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter