Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda yuzlab million dollarni o‘zlashtirgan sobiq rahbar qatl etildi

Xitoyda yuzlab million dollarni o‘zlashtirgan sobiq rahbar qatl etildi

Illyustrativ foto

Xitoyda yuzlab million dollarni o‘zlashtirgan sobiq rahbar qatl etildi. Bu haqda CCTV xabar berdi.

«Oliy xalq sudi qaroriga asosan, 2024-yil 17-dekabr tongida Ichki Mo‘g‘ulistonning Xingan okrugi o‘rta bosqich xalq sudi, qonunga muvofiq, Li Szyanpinning qatlini amalga oshirdi», — deyiladi xabarda.

Li Szyanpin Xux-Xoto shahrini iqtisodiy va texnologik o‘zlashtirish zonasida Xitoy kommunistik partiyasi ishchi qo‘mitasi kotibi lavozimida ishlagan. Aytilishicha, u 1,43 mlrd yuan (taxminan $199 mln)dan ortiq pulni noqonuniy o‘zlashtirgan, qolaversa, boshqa shaxslardan 577 mln yuan ($80 milliondan ziyod) pora olgan, 1,05 mlrd yuan ($146 mln)dan ortiq davlat mablag‘ini noo‘rin sarflagan.

Xitoy oliy xalq sudi 2022-yilda Li Szyanpinni o‘limga hukm qilgandi. Sobiq amaldor apellyasiya bergan, biroq sud hukmni kuchida qoldirgan.

Shu yilning kuzida Xitoyning Lyaoin provinsiyasi hokimining sobiq o‘rinbosari Van Devey 555 mln yuan (70 mln dollardan ko‘proq) pora olgani uchun o‘limga hukm qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring