Xitoyda yana qurbonlar. Lekin bunga koronavirusning aloqasi yo‘q
Xitoy janubi-g‘arbida Sichuan provinsiyasida o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish paytida 19 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi «Sinxua» agentligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 18 ta o‘t o‘chiruvchi va bir nafar mahalliy o‘rmon xo‘jaligi xodimi bor: u yong‘in xavfsizligi xodimlariga alanga o‘chog‘iga olib boradigan yo‘lni ko‘rsatgan. Ular shamol kutilmaganda yo‘nalishini o‘zgartirishi natijasida alanga qurshoviga tushib qolishgan. Hodisa seshanba kuniga o‘tar kechasi yuz bergan.
Mahalliy o‘rmon xo‘jaligida yong‘in dushanba kunduzi boshlangan bo‘lib, kuchli shamol tufayli atrofga juda tez tarqalgan. Hukumat yong‘inga qarshi kurashish uchun 300 o‘t o‘chiruvchi va 700 harbiyni jalb qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter