Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda xususiy pensiya tizimi joriy etildi

Xitoyda xususiy pensiya tizimi joriy etildi

Foto: «NOI.md»

Xitoy Xalq Respublikasida amaldagi davlat pensiya tizimiga qo‘shimcha xususiy pensiya tizimi joriy etildi. Aholi qarib borayotgani shunday qo‘shimcha choralar ko‘rishga undamoqda, deyiladi «Sinxua»ning 21-apreldagi xabarida.

Xususiy pensiya tizimi xitoyliklarga har yili 12 000 yuan (taxminan $1 872)gacha mablag‘larini Davlat kengashi tamoyillari asosida yopiq boshqariladigan shaxsiy pensiya hisoblariga o‘tkazib borish imkonini beradi. Pensiya miqdori mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda pensiya tizimi rivojiga mos ravishda tahrirlab boriladi. Xususiy pensiyaga qo‘yilgan mablag‘lar risk xavfi nisbatan past hamda uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Yangi pensiya tizimi uchun hukumat soliq imtiyozlarini taqdim etadi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring