Xitoyda xudkush binoni portlatdi: qurbonlar bor

Xitoy janubidagi Guanchjouda sodir etilgan xudkushlik hujumi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi va yana besh kishi yaralandi, deya xabar berdi mahalliy politsiya.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 10 da (Toshkent vaqti bilan 17:00) sodir bo‘lgan, 59 yoshli erkak mahalliy qishloq qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan binoga portlovchi moslama olib kelgan.
Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan, politsiya voqeani o‘rganmoqda.
Qayd etilishicha, avvalroq bir erkakning yer maydoni tortib olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter