Xitoyda xantavirus tufayli bir odam hayotdan ko‘z yumdi
Xitoyda Yunnan provinsiyasida istiqomat qiluvchi erkak avtobusda ishga ketayotib hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi «Global Times» nashri.
Test natijalari unda xantavirus borligini tasdiqladi. Avtobusning qolgan 32 nafar yo‘lovchisi ham tekshirildi.
Odamlar xantavirusni kemiruvchilar yoki ularning hayotiy faoliyati davomida hosil bo‘ladigan mahsulotlardan yuqtirib olishadi. Odamdan odamga yuqishi bu virusga xos emas. Ilgari bunday holat faqat Argentina va Chilida qayd etilgandi. Shuningdek, hasharotxo‘r ko‘rshapalaklarning ayrim turlari tishlab olishi natijasida ham infeksiya yuqishi mumkin. Ko‘pincha odamlar yilning issiq va quruq davrida, to‘da-to‘da bo‘lib o‘rmonga sayrga chiqqanda kasallikni yuqtirib olishadi.
Alomatlari — isitma, qon ketishi, shuningdek, buyraklar zararlanishi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter