Xitoyda panda o‘ldirgan 10 kishi qo‘lga olindi. Pandani o‘ldirgan bir umrga qamalishi mumkin
Xitoyda pandani o‘ldirgan 10 kishi qamoqqa olindi. Dekabr oyida o‘tkazilgan reyd davomida hayvonning terisi va uning 9,75 kg. go‘shtini topishgan. Politsiyaning xabariga ko‘ra panda Jaotong shahrida yashovchi aka-uka tomonidan otib o‘ldirilgan. Qamoqqa olinganlar ichida 2 ta ovchi va panda go‘shtini sotib olgan odam ham bor.
Xitoyda pandani o‘ldirgan odamga 10 yil qamoq jazosi, qiynash holatlari aniqlansa bir umrlik qamoq yoki o‘lim jazosi beriladi.
Pandalar Xalqaro Qizil Kitobga kiritilgan bo‘lib, 2016 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda yovvoyi tabiatda yashovchi 2060 ta panda qolgan. Ularning barchasi Xitoyda yashaydi. 1972 yildan buyon Xitoy panda-diplomatiya harakatini amalga oshiradi. Unga ko‘ra hayvonlar do‘stona mamlakatlarga ijaraga berib turiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter