Xitoyda nechta chet el fuqarosi koronavirusni yuqtirgan?
Xitoyda koronavirusning yangi tipini 16 nafar xorij fuqarosi yuqtirgan bo‘lib, ulardan 2 nafari shifoxonadan chiqqan, yana 14 nafari davolanishni davom ettirmoqda, deydi XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.
«Tegishli idoralarning ma’lum qilishicha, 2-fevral holatiga ko‘ra Xitoyda 16 nafar chet el fuqarosi koronavirusning yangi tipi chaqirgan zotiljamni yuqtirgan bo‘lib, ulardan ikki nafari allaqachon sog‘ayib, shifoxonadan chiqarilgan, 14 nafari esa karantinda muolaja olishda davom etmoqda», — deya xabar berdi diplomat onlayn-brifing vaqtida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter