Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda koronavirusdan tuzalgan odam besh kundan so‘ng vafot etdi

Xitoyda koronavirusdan tuzalgan odam besh kundan so‘ng vafot etdi

Foto: «Cowichan Valley Citizen»

Xitoyning Uxan shahrida avval koronavirusdan davolanib chiqqan 36 yoshli erkak olamdan o‘tdi. «South China Morning Post» xabariga ko‘ra, tuzalganidan so‘ng kasalxonadan uyiga javob berilganidan so‘ng, oradan besh kun o‘tib, u nafas yetishmasligi oqibatida vafot etgan.

Uni 12-fevral birinchi marta kasalxonaga yotqizishgan, ikki hafta o‘tib, uyiga javob berishgan va yana 14 kun karantin ostida bo‘lishini so‘rashgan.

Vafot etgan erkakning turmush o‘rtog‘i ma’lum qilishicha, uyiga qaytib kelganidan ikki kun o‘tib, u yana o‘zini yomon his qila boshlagan. Og‘zi quruqshab, oshqozonida gaz to‘planayotganidan shikoyat qilgan.

Keyin uni yana kasalxonaga olib kelishgan, shu kunning o‘zidayoq uning joni uzilgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus yetib bormagan yagona qit’a Antarktida qoldi, 70 mamlakatda virus rasman qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring