Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda bog‘cha tarbiyachisi qatl etildi

Xitoyda bog‘cha tarbiyachisi qatl etildi

Xitoyda o‘z hamkasbidan qasos olmoqchi bo‘lib, 25 nafar bolani zaharlagan bog‘cha tarbiyachisiga nisbatan o‘lim jazosi joriy etildi. U 13 iyul kuni qatl etildi, deb yozadi The Paper.

2019 yil mart oyida Szyaotszo shahridagi bolalar bog‘chasida ommaviy ovqatdan zaharlanish sodir bo‘ldi. Politsiya tarbiyaschi Van Yunning bog‘cha bolalari bo‘tqasiga natriy nitrit qo‘shganini aniqladi. Zaharlangan bolalardan biri 10 oylik davolanishdan keyin vafot etdi.

Jinoyatga tarbiyachining bolalar bog‘chasidagi hamkasbi bilan kelishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Vang Yun birinchi instansiya sudi tomonidan o‘limga hukm qilindi. Keyinchalik, Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq sudi hukmni o‘z kuchida qoldirdi.

Ommaviy zaharlanishdan keyin bolalar bog‘chasi yopilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring