Xitoyda ayanchli avtohalokat: o‘ttizga yaqin kishi o‘lgani aytilmoqda
Xitoy janubidagi Guychjou provinsiyasida avtobus halokatida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 18-sentyabr, yakshanba kuni erta tongda ichida 47 kishi bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketgan. Hodisa Guychjou provinsiyasidagi Syannan-Buy Miao avtonom okrugidagi trassada sodir bo‘ldi.
«YTH oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi, yana 20 kishi jarohat oldi va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda», — deya qo‘shimcha qilinadi rasmiy ma’lumotda.
Hodisa sabablari hozircha noma’lum, tergov ishlari boshlangan. Qo‘shimcha tafsilotlar taqdim etilishi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter