Xitoyda 18 kishi YTH qurboniga aylandi

Xitoy shimoli-sharqidagi Szilin provinsiyasida yo‘l-transport hodisasi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi, deya xabar berdi «Sinxua» agentligi.
Voqea yakshanba kuni soat 5:40 larda Sun’yuan shahar okrugi avtomagistralining 39-kilometrida yuz bergan.
Hozirga qadar 18 kishi halok bo‘lgani va bir kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Dam olish kunlari Xitoyda XXR tashkil topganligi munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab umumxalq bayramlari nishonlanmoqda. Bu vaqtda odatda mamlakat aholisi turli shaharlarga otlanishadi. Avtomagistrallarda avtomobillar oqimi ko‘payadi. Natijada yo‘l-transport hodisalari tez-tez uchrab turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter