Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy Tayvan masalasida «oxirigacha kurashishini» e’lon qildi

Xitoy Tayvan masalasida «oxirigacha kurashishini» e’lon qildi

Xitoy mudofaa vaziri Vey Fenxe Singapurda bo‘lib o‘tgan Shangri-La muloqoti xavfsizlik konferensiyasida agar kimdir Tayvanni «materik»(XXR)dan ajratishga urinsa, Xitoy Xalq ozodlik armiyasi «oxirigacha kurashishini» aytdi.

Bu haqda TASS yozmoqda. 

«Agar kimdir Tayvanni Xitoydan ajratishga harakat qilsa, biz oxirigacha kurashamiz. Nima bo‘lganda ham maqsadimizga erishamiz va oxirigacha boramiz. Bu Xitoy uchun yagona tanlov», — dedi Vey Fenge.

Shu bilan birga, Xitoy mudofaa vazirligi rahbari AQShning Hind-Tinch okeani strategiyasi bir davlatga qarshi qaratilganini aytdi. Vazir bu davlat Xitoy ekaniga ishora qilgan.

Avvalroq, Xitoy tomoni Tayvan uchun kerak bo‘lsa jang qilishga tayyorligini aytgan. 

Bir necha kun avval XXR harbiy-havo kuchlarining 30 ta jangovar samolyoti Tayvan havo hujumidan mudofaa hududiga uchib kirgan. AQSh Xitoy hujum qilgan taqdirda, Tayvanni himoya qilish uchun qurolli kuchlarini qo‘llashga shayligini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring