Xitoy samolyotlari yana Tayvan osmonida ko‘rinish berdi
Tayvan mudofaa vazirligi yakshanba kuni Xitoy armiyasining 22 samolyoti va to‘rtta kemasi orolga yaqinlashganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ikkita J-11 qiruvchisi, ikkita J-16 qiruvchisi, BZK-005 va Ch-4 uchuvchisiz uchoqlari, Y-8 va Y-9 ko‘p maqsadli transport samolyotlari Tayvan bo‘g‘ozida o‘rta chiziqni kesib o‘tgan. Ular orolning havo mudofaasini aniqlash zonasida joylashgan.
Bunga javoban Tayvan vaziyatni kuzatish uchun havo patrulini yubordi. Shuningdek, radio ogohlantirishlar berildi, zenit-raketa tizimlari joylashtirildi.
Qayd etish joiz, Tayvan bo‘g‘ozidagi mojaroning avj olishi avgust oyi boshida AQSh palatasi spikeri Nensi Pelosining orolga safari fonida boshlandi. Tayvan hukumati hanuzgacha XXR harbiylari o‘rta chiziqni buzayotgani haqida xabar bermoqda, lekin Xitoy orolni o‘z hududi deb biladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter