Xitoy qashshoqlikni yengdi
«Qashshoqlikka qarshi kurashayotgan Xitoy uzil-kesil g‘alaba qozondi: so‘nggi 8 yilda deyarli 100 million kishi bu botqoqdan chiqarib olindi» — XXR raisi Si Szinpin ayni masalada o‘tkazilgan yig‘ilishda shu raqamlarni keltirdi.
Raisga ko‘ra, qishloqlarda yashovchi 98,99 million aholi so‘nggi 8 yilda qashshoqlar safidan chiqarilgan, kambag‘al tumanlar ro‘yxatini 832 uyezd va 128 mingta qishloq tark etgan.
Kambag‘allikka qarshi kurashish siyosati boshlangan 1970-yillarning oxirlaridan beri qishloqlarda yashovchi 770 million fuqaro qambag‘allar safini tark etgan.
«Xitoy bu davrda global qashshoqlikka qarshi kurashishda erishilgan natijalarning 70 foizini ta’minladi. Xitoyning ushbu mo‘’jizasi ham tarixda qoladi», — dedi Si Szinpin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter