Xitoy iqtisodiyoti 1976-yilgi antirekordga yaqinlashdi

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda global yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sishi yillik kesimda 2,9 foizni tashkil etdi, bu Xitoy YaIM o‘sishidan 0,2 foiz yuqori.
Kovidga qarshi qattiq cheklovlar, qurg‘oqchilik va ko‘chmas mulk bozoridagi inqiroz Xitoy iqtisodiyotini sekinlashtirdi.
1976-yilda Xitoy YaIM o‘sishi 1,6 foizga tushib ketgandi. Bu siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik hukm surgan «madaniy inqilob»ning so‘nggi yili edi.
Biroq shundan so‘ng Xitoy iqtisodiyotining parvozi boshlandi: 1977–2021-yillar oralig‘ida mamlakat iqtisodiyoti yiliga o‘rtacha 9,2 foizdan o‘sdi. Bu global iqtisodiy o‘sish sur’atlaridan 6,4 foiz yuqori edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas