Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro qidiruvdagi uch nafar o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruvdagi uch nafar o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyaning Leningrad viloyatida politsiya xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar jinoyatni ushlashgan. O‘zbekiston fuqarolari hisoblangan ushbu shaxslar rastrata va hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyatlarini sodir etgani uchun qidiruvga berilgan.

Qo‘lga olinganlardan biri – 37 yoshli erkak 2018—2020-yillarda Farg‘ona viloyatida fuqarolar nomiga ularning roziligisiz kredit rasmiylashtirgan. Buning uchun u boshqalarning imzolarini soxtalashtirgan. Umumiy hisobda 528 million so‘m kredit olishga muvaffaq bo‘lgan va pullarni hisobiga o‘tkazib olib, ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. 2022-yil avgustda unga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilingan.

Ushlanganlarning ikkinchisi 29 yoshda. U ham yuqoridagi ayblovlar bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan. Xususiy firma rahbari bo‘lgan bu shaxs soxta hujjatlar bilan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirgan. Yetkazilgan umumiy zarar 225 ming rubl (30 mln so‘m) ekani aytilmoqda. U 2022-yil sentyabrdan buyon qidiruvda bo‘lgan.

22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi esa haydovchilik guvohnomasini olish maqsadida o‘zgalar hujjatiga suratini yopshirib, o‘zini boshqa shaxs sifatida tanishtirgan. Erkak 2023-yil oktyabrdan beri qidiruvda bo‘lgan.

Qo‘lga olingan shaxslarning barchasi Peterburg va Leningrad viloyati hududida ro‘yxatdan o‘tmagan holda yashab kelgan. Leningrad politsiyasi O‘zbekistondagi hamkasblariga ushbu shaxslar bo‘yicha ma’lumot bergan. Ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring