Vladimir Putin maqola yozdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan maqola yozdi.
Davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, maqola qachon chop etilishini Putin shaxsan hal qiladi.
Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan maqola yozish niyati borligini Putin katta matbuot anjumanida jurnalistlarga ma’lum qilgandi.
Bu yil Ikkinchi jahon urushi tugaganiga 75 yil to‘ldi. Koronavirus pandemiyasi sababli Rossiya an’anaviy 9-may paradini 24-iyunga ko‘chirdi. Yangi bayram sanasini Putin ish haqi saqlab qolinadigan dam olish kuni deb e’lon qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter