«Vinnitsadagi dahshat» — Raketalar zarbidan o‘nlab kishi halok bo‘ldi, ular orasida ona va bola ham bor (foto)
Bugun, 14 iyul kuni tushlik vaqtida, Ukraina markazidagi Vinnitsa shahriga raketa hujumi uyushtirilgan.
Prokuratura xabariga ko‘ra, hozirga qadar 17 kishining jasadi topilgan, 25 kishi jarohatlangan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Halok bo‘lganlar orasida ona va bola ham bor, dedi Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko.
Ukraina politsiyasiga ko‘ra, Rossiyaning uchta raketasi ofitserlar uyi va yaqin atrofdagi binolarga kelib tushgan. Zarba kuchidan tug‘ruqxona ham zarar ko‘rgani aytilmoqda.
«Strana.ua» xabariga ko‘ra, raketalar Ofitserlar uyi, «Yubileyniy» binosi va Ukraina harbiy-havo kuchlari yodgorligi joylashgan hududga kelib tushgan. Yana to‘rtta raketa Vinnitsa viloyati ustida havo hujumidan mudofaa tizimida urib tushirilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vinnitsadagi voqeani terakt deb atadi.
Rossiyaning harbiy operatsiyalarini yoritib boruvchi telegram kanali ushbu hududga Rossiya tomonidan raketa zarbalari berilganini tasdiqlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter