Viktor Orban Ukrainaga yoqmaydigan bayonot bilan chiqdi
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukraina hukumatiga yaqin ikki yil ichida Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha «ambitsiyali rejalar»dan ehtiyot bo‘lishni maslahat berdi.
U mamlakatning YeIga qo‘shilish jarayonini urush vaqtida real emas deb atadi.
«Men palatada bo‘lganimda, Vengriya parlamenti ikki yil ichida Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi uchun ovoz berishini istamayman», degan Orban.
Orban avval shuningdek, G‘arbning Ukrainaga harbiy yordamlarini tanqid qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina 2022-yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirib, nomzod davlat maqomini olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter