Vetnamda birinchi metro ishga tushdi
Bugun, 6-noyabr sanasida Vetnam poytaxti Xanoyda ilk metro liniyasi ishga tushirildi, bu haqda «RIA Novosti» «VnExpress» nashriga asoslanib xabar berdi.
Vetnamda metro qurilishi o‘n yil oldin boshlangandi.
Metro poyezdlari yer ustidan ko‘tarilgan, 13 kilometr uzunlikdagi estakadalar bo‘ylab qatnaydi. 12 ta metro stansiyasidan iborat yo‘lni bosib o‘tishga 23 daqiqa sarflanadi. Metro faoliyatining dastlabki 15 kuni bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Yana to‘qqizta liniya qurilishi rejalashtirilgan. Metropoliten Xanoyda avtotransportlar hosil qiladigan tiqinlarni kamaytirishda yordam berishiga umid qilishyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter