Vyetnam prezidentining o‘limi sababi aniqlandi
Kecha, 21 sentyabr kuni vafot etgan Vyetnam prezidenti Chan Day Kuang kam uchraydigan, ammo to‘liq davolashning imkoni bo‘lmagan virus tufayli vafot etgan, deb yozgan mahalliy gazeta «VnExpress» Vyetnam Sog‘liqni saqlash vazirligi vakiliga tayanib.
Vyetnam Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy boshqarmasi boshlig‘i Nguyen Kvok Chiyeuning aytishicha, prezident kam uchraydigan virus bilan kasallangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari 2017 yil iyul oyida kasallangan. Shundan beri olti marta Yaponiyaga borib davolanib kelgan.
«Yaponiyalik mutaxassislar va shifokorlar bir yil davomida prezidentni davolashdi. Lekin uni to‘liq tuzatadigan dori yo‘q. Borlari bilan ham faqat bu kasallik kuchayishining oldini olish mumkin», – degan Nguyen Kvok Chiyeu.
Shu kunlarda uning sog‘lig‘i yomonlashgan va shifoxonaga tushib qolgan. Prezident 17 soat mobaynida koma holatida yotgan va o‘ziga kelmagan.
Chan Day Kuang 62 yoshida Xanoya markaziy shifoxonasida olamdan o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter