Vyetnam prezidenti vafot etdi
Vyetnam prezidenti Chan Day Kuang bugun, 21 sentyabr kuni 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.
«Prezident Chan Day Kuang 21 sentyabr kuni soat 10:05da vafot etdi»,- deyiladi AFP xabarida.
Vyetnam televideniyesining ma’lum qilishicha, prezident mahalliy va xorijlik shifokorlar hamda professorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, og‘ir kasallik tufayli olamdan o‘tgan.
Chan Day Kuang 2016 yilda Vyetnam prezidenti etib saylangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter