Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vengriyada daryo sathi pasayib, uning tubidan xazina topildi

Vengriyada daryo sathi pasayib, uning tubidan xazina topildi

Foto: «tr.euronews.com»

Vengriyaning Erd shahridagi Dunay daryosining suvi kamayishi tufayli uning tubidan xazina topildi, deya xabar beradi «Euronews».

Arxeologlarning ma’lum qilishicha, daryo tubidan tilla va kumush tangalar, qilichlar kabi buyumlar topilgan. Ularning XVIII asrga oid ekani aytilmoqda.

Yevropaning bir necha hududlarida bo‘lgani kabi Vengriyada ham daryo suvlari sathi pasayib boryapti. Tuna daryosining suvi 38 santimert pasaygan.

Arxeolog Balats Nagi 1630 va 1743 yillarga oid bo‘lgan oltin va kumush tangalarning Gollandiya, Fransiya, Syurix va Vatikanda zarb qilingan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring