Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Venesuela barcha muzliklaridan mahrum bo‘ldi

Venesuela barcha muzliklaridan mahrum bo‘ldi

Venesuela o‘zining so‘nggi tog‘ muzligidan mahrum bo‘ldi. Shunday qilib u zamonaviy tarixda barcha muz zaxiralaridan ayrilgan birinchi davlatga aylandi. Bu haqda Guardian gazetasi xabar bermoqda.

Xuboldt muzligi, shuningdek, La Korona nomi bilan ham tanilgan, dengiz sathidan taxminan 5000 balandlikda Serra Nevada de Merida tog‘ tizmalarida joylashgan edi. Uning hajmi shunchalik kichrayganki, olimlar uni taxminan ikki gektar maydonga ega muzli dala ob’yekti sifatida qayta tasnifladilar.

La Korona kamida yana 10 yil davomida mavjud bo‘lishi taxmin qilingan edi, ammo so‘nggi yillarda tadqiqotchilar Venesueladagi siyosiy beqarorlik tufayli kuzatuvlarni o‘tkaza olmadilar.

Venesuelalik iqlimshunos Maksimiliano Erreraning so‘zlariga ko‘ra, tog‘ muzliklaridan mahrum bo‘lish uchun navbatda turgan mamlakatlar bu Indoneziya, Meksika va Sloveniyadir. Olimning qo‘shimcha qilishicha, oxirgi marta baland tog‘ muzlari 19-asrda kichik muzlik davri tugaganidan keyin erib ketgan.

Erreraning qayd etishicha, bu holat, bir tomondan, baland tog‘li ekotizimlar uchun juda achinarli, ayni paytda real vaqtda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganish imkoniyatini beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring