Velosiped o‘g‘risi 30 yildan so‘ng qo‘lga olindi — oyoqqa turib olgan ekan...
Xitoyning Xunan provinsiyasi politsiyasi 32 yildan beri qidiruvda bo‘lgan tadbirkorni hibsga oldi. Bu haqda «Regnum» axborot agentligi «Sinxua» asoslanib xabar tarqatdi.
Chjan Sunmin o‘sha yillarda xitoyliklar uchun qadrli va qimmatli hisoblangan transport vositasi — velosipedlarni o‘g‘irlagani uchun 1987 yili yetti yilga qamoq jazosini olgandi. Biroq xuddi shu yili qamoqdan qochib ketadi.
Qidiruvga tushgan velosiped o‘g‘risi mamlakatning o‘nlab provinsiyalarida yashirinib yurgan. 1990-yillarda, xonadonlarni ro‘yxatga olish milliy tizimidagi bo‘shliqlardan foydalanib, ismini o‘zgartiradi va Xubeyga qaytadi.
Chjan 2019-yilning sentyabrida hibsga olingan. Bu paytga kelib u 55 yoshga to‘lgan, shaxsiy gidroizolyasiya kompaniyasiga asos solgan edi. Uning qidiruvda ekanini hatto yaqinlari ham bilishmagan ekan.
Politsiya esa o‘tgan yillar davomida qidiruv umuman to‘xtatilmaganini xabar bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter