Jan-Klod Van Damm elchi bo‘ldi
Asli belgiyalik bo‘lgan amerikalik aktyor Jan-Klod Van Damm Kongo Demokratik Respublikasi diplomatik pasportini oldi.
Endilikda aktyor respublikaning madaniyat va ekologiya elchisiga aylandi, deb xabar beradi Eclo nashri.
Van Damm yoshlar manfaatlarini himoya qilish, sport va madaniy hayotni rivojlantirish, Kongoda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yordam berishini ma’lum qildi. Van Damm bu ishga o‘zining yulduz hamkasblarini jalb etishga va’da berdi: «Men Stallone, Shvarsenegger, Jeki Chan, futbolchilar Messi va Ronalduni bu mamlakatga kelishga ko‘ndirishga harakat qilaman».
Van Dammning fikricha, Kongo o‘ziga xos stereotiplarga ega davlat, ayrim sayohatchilar bu mamlakatga borishdan qochishadi. 61 yoshli yangi elchining qayd etishicha, Kongo G‘arbiy Yevropaning kattaligicha hududni egallaydi. Van Damm mamlakat ekologiyasiga ham yordam bermoqchi: «Kongo sayyoramizning o‘pkalaridan biri»,—deydi aktyor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter