Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vaksinalar poygasi» yetakchisi sinovlarni to‘xtatdi: ko‘ngillilarning biri koronavirusga chalindi

«Vaksinalar poygasi» yetakchisi sinovlarni to‘xtatdi: ko‘ngillilarning biri koronavirusga chalindi

Foto: «RG»

Koronavirusga qarshi vaksina sinovi birinchi marta to‘xtatildi. Chunki emlangan ko‘ngillilardan biri COVID-19ni yuqtirib olgan. Bu haqda AFP xabar berdi.

«AstraZeneca» britan-shved farmatsevtika kompaniyasi ko‘ngillilaridan birida koronavirus aniqlanganidan so‘ng sinovlar to‘xtatilgan.

Oksford universiteti bilan birgalikda vaksina yaratish ustida izlanish olib borayotgan ushbu kompaniya COVID-19 qarshi vaksinalar ishlab chiqarish global poygasi yetakchisi sanalayotgandi.

Sinovlar to‘xtatildi, endi ushbu vaksinaning xavfsizligi borasida mustaqil komissiyaning xulosasi kutiladi.

Klinik sinovlar amaliyotida bunaqa «tanaffuslar» odatiy hol, ammo koronavirusga qarshi vaksinalar sinovida bu birinchisi.

Foto: AFP

Ma’lumot uchun: «AstraZeneca» — ayni paytda o‘z vaksinalarini so‘nggi bosqichda sinayotgan to‘qqiz kompaniyaning biri. Kompaniya 31-avgust kuni AQShda o‘z yakuniy sinovlariga 30 ming ko‘ngillini jalb etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring