Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksina foydasizligiga ishonmang — JSST

Vaksina foydasizligiga ishonmang — JSST

Foto: «CentralAsia»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning qayta yuqishi ehtimoli mavjudligini inkor etmagan holda holda vaksina foydasiz degan xayolga bormaslikka chaqirdi.

Bu haqda «Twitter»da o‘tkazilgan onlayn-brifingda JSST favqulodda kasalliklar texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove bayonot berdi.

«Bu (virusning qayta yuqishi — tahr.) biz vaksina uchun qilayotgan ishlarni o‘zgartirmaydi. Odamlar bu bilan vaksina befoyda degan xayolga borishyapti. Ammo unday emas. Biz vaksina ishlab chiqishda davom etamiz. Bu borada juda yaxshi o‘sishga erishdik... Virus qayta yuqishi holatlarini ehtimol ko‘rishimiz mumkin, ammo bizda odamlarga kasallik yuqishining oldini oladigan usullar bor», — dedi Van Kerkxove.

JSST rasmiysi Margaret Harrisning ma’lum qilishicha, COVID-19 ga qarshi vaksinalar tabiiy immunitetdan ko‘ra barqarorroq immunitet hosil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring