Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya va MDHda jonivorlarni kuzatib boruvchi trekerlar bozori chaqqonlashdi

Rossiya va MDHda jonivorlarni kuzatib boruvchi trekerlar bozori chaqqonlashdi

Rossiya va MDH davlatlarida jonivorlar uchun GPS-trekerlarga bo‘lgan talab yuqorilab ketdi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, fermerlar bunday qurilmalarni juda faol xarid qilishmoqda. Trekerlar narxlari ming dollargacha bormoqda.

Trekerlar Wi-Fi kontroller, jonivorlarning joylashuvini aniqlovchi GPS-treker, faollik datchiklari, videokamera (ayrim versiyalarda) bilan jihozlangan bo‘lib, virtual molxona tashkil etish imkoniyati ham mavjud.

«Avvallari bir necha soat vaqt sarflanadigan ishlarning hammasi endi mening telefonimda», - deya fikr bildiradi fermerlar GPS-trekerlar haqida. Bu qurilmalar ularning mehnat faoliyatini bir necha barobarga yengillashtirdi.

Bugungi kunda gadjetlar qishloq xo‘jaligi sohasida katta ahamiyat kasb etmoqda. Agar avvallari GPS-trekerlar faqat yirik agroxoldinglar uchun yaratilgan qulaylikdek tuyulgan bo‘lsa, bugun kichik fermer xo‘jaliklari ham chorvani nazorat qilish tizimini faol joriy etmoqda.

Hali ham ba’zilar zamonaviy gadjetlarga shubha bilan qarayotgan bir paytda, ilg‘or fermerlar yangi texnologiyalardan foydalanishni boshlab yuborgan. Qolaversa, oxirgi yillarda GPS-trekerlar bozorida «portlash» yuz berdi. Fermerlar bu qurilmalarni faol xarid qilib, jonivorlarni nazorat qilish sohasidagi yangiliklarni kuzatib borishmoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, bunday «portlash»ning bir nechta sababi bor. Birinchidan, GPS-trekerlar fermerlarga chorvaning harakatlanishini kuzatish, uning holatini nazorat qilish, muammolarni o‘z vaqtida hal etish imkoniyatini beradi, bu esa faoliyatning samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Ikkinchidan, chorvaning yo‘qolib qolish ehtimoli bir necha barobar kamayadi. GPS-trekerlar aniq vaqt rejimida yo‘qolgan, o‘g‘irlangan jonivorlarning joylashuvini va yovvoyi hayvonlar yoki o‘g‘rilar borligini aniqlashga yordam beradi.

Bugun texnologiyalar borgan sari hayotimizga chuqur kirib bormoqda. Jonivorlar uchun trekerlar yanada ixchamlashib, arzonlashmoqda, bu esa turli budjetga ega fermerlar uchun ham katta imkoniyatlar taqdim etgan. Endi ular ushbu qurilmalarni bemalol sotib olishlari mumkin.

«Bugun oilaviy biznesimizni yangi texnologiyalarsiz tasavvur qilish mushkul», - deydi sigirlar, ot va qo‘ylar podasiga ega fermer. Uning podasi ko‘pincha tog‘larda o‘tlaydi, bu har bir jonivorni kuzatib borish uchun ko‘p vaqt va kuch talab etadi. «Har kungi ishlardan tashqari urg‘ochi jonivorlar podadan ajraladigan birinchi tug‘ruq davri haqida ham unutmaslik zarur. Yangi tug‘ilgan jonivor va onani qidirish oson ish emas», - deydi u.

Tadbirkorning aytishicha, u GPS-trekerlardan foydalanishni bir yil avval boshlagan. «Do‘stlarim tavsiya qilishdi. Bu chinakam ajoyib g‘oya, u menga chorvaning butligini ta’minlashga yordam beradi. Birinchi marta ikkita qurilma sotib olganman, aytish kerakki, bu arzon turadigan qulaylik emas. Ammo oxir-oqibat ancha pulni tejashga yordam berdi».

Hatto tajribali cho‘ponlar ham zamonaviy texnologiyalar darajasiga yeta olmaydilar, deb hisoblaydi tadbirkor.

Chorva uchun GPS-trekerlar ixcham qurilma bo‘lib, jonivorning qulog‘i, bo‘yinturug‘i yoki tanasining boshqa qismiga mahkamlanadi. Ular chorvaning joylashuv o‘rni haqida ma’lumotni to‘plab, mobil ilova yoki veb-sayt orqali kuzatiladigan serverga yo‘naltiradi.

Trekerlardan foydalanish nafaqat hayvonlarning harakatlanishi va o‘zini tutishini kuzatishga, balki ovqatlanish ratsioni, yashash sharoiti va va veterinar yordam sifatini yaxshilashga yordam beradi. Podani samarali boshqarish, yem, jonivorlarni saqlash, veterinar yordam uchun sarflar va boshqa harajatlarning kamayishiga sabab bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring