Nigeriyada to‘yga kelgan 21 nafar mehmon hujum natijasida halok bo‘ldi
Nigeriya markazidagi to‘y marosimida noma’lum kimsalar hujumi oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, deb yozadi «Vanguard» gazetasi.
Dushanba kuni kechasi Kaduna shtatidagi Kukum-Daji qishlog‘iga, taxminlarga ko‘ra, fulani ko‘chmanchi qabila a’zolari hujum qilishdi.
Bosqinchilar to‘yga kelgan mehmonlarga qarata o‘q uzishgan. 19 kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana ikki kishi shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. 28 kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Nigeriya qishloqlarining o‘troq aholisi bilan fulani ko‘chmanchi chorvadorlari o‘rtasida adovat saqlanib qolgan. Chorva uchun suv va yemish izlab bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuruvchi ko‘chmanchi qabilalar ko‘pincha mahalliy aholiga tegishli bo‘lgan yaylovlar tufayli ziddiyatga kirishadi. So‘nggi yillarda bunday ziddiyatlar oqibatida minglab insonlar halok bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter