Xitoyda dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik ochildi (video)
Xitoyning janubida dunyodagi eng uzun shisha ko‘prik ochildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.
Uzunligi 200 metr bo‘lgan konstruksiya tomosha maydoni bilan tugallanadi. Bularning barchasi jarlik ustida joylashgan.
Shisha o‘z shaffofligini saqlashi uchun ko‘prik ustiga mehmonlarni shifoxonalarda foydalaniladigan maxsus oyoq kiyimida chiqarishmoqda.
Ammo ba’zi sayyohlar kuchli qo‘rquv sabab balandlikdan ko‘rinadigan go‘zal manzaradan bahra ola olmayapti. Bunday paytlarda ularga maxsus tayyorlangan xodimlar yordamga keladi. Ta’kidlanishicha, ko‘prik ustida yurishdan qo‘rqishga hojat yo‘q, sababi uning har bir oynasi o‘ta mustahkam bo‘lib, ikkita mashina og‘irligini ko‘tara oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter