Uzoq Sibirda o‘rta asrlar qabristoni topildi
Rus arxeologlari Krasnoyar o‘lkasining Boguchan tumanida milodiy V-asrga oid qabristonni topishdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, bunday arxeologik yodgorlik Sibirning tayga hududi uchun nihoyatda noyob. U ilk o‘rta asrlarga oid birinchi qabriston bo‘lib, Krasnoyar o‘lkasining o‘rmon hududida joylashgan.
Bu shu kungacha Yenisey hududida topilgan birinchi ming yillikka oid eng ko‘hna va eng yirik yodgorlikdir.
Arxeologlar o‘rmondan 12 ta qabr va taxminan ikki mingta noyob buyumni, jumladan, o‘q uchlari, temir pichoq va to‘qalar, sopol idish bo‘laklari, shuningdek, tosh va shishadan yasalgan munchoqlarni topishdi.
Aniqlanishicha, bu qabristonga jasadlar avval yoqilib, so‘ng kuli ko‘milgan.
Ekspeditsiyada Szilin va Pekin xalq universitetlari vakillari ham ishtirok etishgan. Namunalarning bir qismini paleogenetik tadqiqotlar uchun Xitoyga yuborishadi: u yerda dafn etilganlarning jinsi, yoshi hamda irqini ham aniqlashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter